Shayx Zayniddin bobo maqbarasi

  • 16 April, 2015
  •   0
  • 0
  • 14109

Shayx Zayniddin bobo maqbarasi - Toshkentdagi me’moriy yodgorlik (13-14-asrlar). Rivoyatlarga ko‘ra, maqbara Amir Temur davrida Shayx Zayniddin (13-asr)ga atab barpo qilingan (q. Zayniddinbobo). Shahar hududida, qabriston o‘rtasidagi balandlikda joylashgan, peshtoqgumbazli, cho‘zinchoq maqbaraxonaqoxlar turiga mansub. Atrofida boshqa turli binolar— tobutxona, chillaxona (12- 13-asrlar), oshxona, ayvonli masjid, chortoq va boshqalar bor.

Old ko‘rinishi janubiy sharqqa qaratilgan, ko‘chadan unga qo‘shimcha binolarni birlashtiruvchi xiyobon orqali kiriladi. To‘rtburchak tarxli (16x18 m), bal. 20,7 m, hamma tomonlari peshtokli. Maqbara markazida Shayx Zayniddin sag‘anasi, burchaklarida boshqa shaxslarning qabrlari bor. Maqbaraning janubi-g‘arbiy peshtog‘idagi yozuvga ko‘ra, hijriy 1339 yilda (mil. 1920— 21) ta’mirlanib, maqbaraning eski g‘ishtlari yangi g‘ishtlar (26x12x6 sm) bilan almashtirilib, gumbazi kvadrat (24x24x5 sm) g‘ishtdan terilgan.


Source: openuzbekistan.com