Q.Zoirov nomidagi Sog‘liqni saqlash muzeyi

  • 23 April, 2015
  •   0
  • 0
  • 11378

Q.Zoirov nomidagi Sog‘liqni saqlash muzeyi 1973 yilda Moskva tibbiyot akademiyasi professori M.Ya.Yarovinski tomonidan tashkil etilgan. M.Yarovinskiy nafaqat Toshkentda, balki butun respublikada birinchilardan bo‘lib tibbiy etika va deontologiya kurslarini yo‘lga qo‘ydi. Bu yerda tibbiyot rivojlanishiga oid materiallarni ko‘rish, maketlr yordamida gigiyena qoidalariga rioya qilish qoidalari va ayniqsa infeksion kasalliklarni oldini olish qoidalari bilan tanishib chiqish mumkin. Tashrif buyuruvchilarda eng ko‘p qiziqish uyg‘otadigan yana bir eksponat - bu odamning anatomik tuzilishini aks ettirgan shishadan yasalgan odam manekeni. Bunday eksponat Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida atigi 5tani tashkil qiladi.


Source: Миробод тумани, Истиқлол кўчаси (собиқ Охунбобоев кўчаси), 30 уй