O‘lkashunoslik muzeyi Samarkand viloyati

  • 03 June, 2015
  •   0
  • 0
  • 17696

Samarqandning xushmanzara bir burchagida, XX  asr boshlariga tegishli eklektika usulidagiga tegishli, me’mor Ye.O.Nelle loyihasi asosida qurilgan boy savdogar Abram Kalantarovga tegishli bo‘lgan qadimiy hovlida 1981 yil viloyat o‘lkashunoslik muzeyining ochilishi bo‘lgan. Muzey binosi me’morchilik yodgorligi hisoblanib, davlat tomonidan qo‘riqlanadi.

Binoning barcha xonalari bir qator joylashgan bo‘lib, anfiladani hosil qiladi. Birinchi qavatda ekspozitsiya joylashib, o‘lkamizning rivojlanish tarixini qadimiy davrdan XX asr boshigacha bo‘lgan jarayonini tasvirlaydi.

Mezolit-neolit-eneolit — ibtidoiy jamoa tuzumining yakuniy bosqichi bo‘lib, ekspozitsiyada turli vazifalar uchun mo‘ljallangan tosh qurollar va ilk loy idishlar qoldiqlarini o‘zida mujassam qilgan. Bronza va tosh davri devoriy yozuvlarni suratga olinishi bilan illyustratsiyalangan. VIII asrdan er.avv. IV asrgacha bo‘lgan davr loydan yasalgan buyumlar — nafis shaklga ega jomlar va tangalar bilan namoyish etilgan. Ekspozitsiyani rassom V. Kaydalovning “Spitamenning qo‘zg‘aloni” asari yorqin to‘ldirib turadi.

Kushoniylar davri (eramizning IV-I asrlari) ro‘zg‘or yuksalishi, irrigatsiyaning rivojlanishi, turli xil hunarmandchilik yo‘nalishlari, shahar hayotining ravnaqi bilan xarakterlanadi, Kushoniylar shohlari tasvirlangan tangalar ham ko‘rsatilgan.

Ilk o‘rta asrga tegishli ekspozitsiya — bu yerda turli xil maishiy va marosimiy loydan yasalgan buyumlar, sug‘diylar tangalari va ko‘rkam ayollar taqinchoqlari, shuningdek, ko‘mish buyumlari, Oq jartepa, Sozagon, Og‘aliqsoy qo‘rg‘onlaridan topilgan qurollar (qilich) mavjud.

So‘g‘dlarning arablar tomonidan bosib olishiga bag‘ishlangan davr ekspozitsiyasida Afrosiyob shaharchasiga tegishli go‘zal saroy naqshlarning nus'halari, “So‘g‘d askarlari” tiklangan surati, qilich va so‘g‘d nayzalarining qinlari namoyish qilingan.

Islom tiklanishi davri ekspozitsiyasida qizil yunoniston shishasidan qilingan idish qoldiqlari, Eronning Reya shahridagi loy qandil, serob tangalarni ko‘rish mumkin. Ekspozitsiyada mo‘g‘ullar nayzalarining qinlari, Chingizxon tomonidan xarobaga aylantirilgan samarqand qo‘rg‘oni surati ham mavjud.

Amir Temur hamda Temuriylar hukmronligi davrini qazilma materiallari, ya’ni metall buyukmlar to‘plami, suyaklar, shishalar va XSh-XVI asrlarga tegishli tangalar ko‘rsatib, u davr hunarmandchiligi, karvon savdolari va Temuriylar davri savdo-pul munosabatlarini namoyon qiladi. Bu yerda, shuningdek, noyob eksponatlar namoyish qilingan — XV-XVI asrlarning oliy voqifiga tegishli jang va namoyish do‘mbirasi, shuningdek, 1678 yil Amsterdamda nashr qilingan De Sanktiyenning “Temur tarixi” nomli noyob kitobini ko‘rish mumkin.

Ekspozitsiyada arxitektor V.A. Nilsen tomonidan bajarilgan tiklangan observatoriyani va ulkan astronomik qurol kvadrant (sekstant)ning qoldiqlari tushirilgan suratlari uchratish mumkin.

Rasm: www.orexa.uz


Source: https://orexca.com/rus/samarkand_museum_local_lore.shtml