Muin xalfa bobo maqbarasi

  • 28 July, 2015
  •   0
  • 0
  • 8418

Muin xalfa bobo maqbarasi-Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (19-asr). Samarqandlik xalfa (quruvchi,usta) Muin oʻzi uchun qurdirgan. Maqbara peshtoq gumbazli, bir xonali. Umumiy tarhi 5,48×6,16 m, goʻrxona murabba tarhli (3,05×3,05 m). Unda Muin buva va oʻgʻli Umarxon sagʻanasi saqlangan. Xonaga yorugʻlik gʻarbiy devoridagi panjara bilan bezatilgan tobadondan tushadi. Qurilishida silliqlangan pishiq gʻisht (24×25×3,5 sm) dan foydalanilgan.


Source: wikipedia