KITOB – KENGLIK STANTSIYASI YUNALISHI

  • 19 April, 2017
  •   0
  • 0
  • 18927

O‘rta Osiyoda Yer harakatini tekshirishning yangi davri Ulug‘bek nomidagi Kitob Xalkaro kenglik rasadxonasining barpo etilishi va faoliyati bilan boshlandi.

Geografik xarita olib karalganda fakatgina Kitob tumani O‘zbekiston hududida Xalkaro parallelda (39 gradus 08 minut) o‘tuvchi yagona aholi yashaydigan joy. Shuning uchun ham Kitob tumani hududida Halkaro kenglik rasadxonasi kurishga karor kilingan.

1928 yining sentyabrida Germaniyadan Bamberg zenit - teleskopi va Short soati olindi. 1930 yil 14 noyabrda birinchi kuzatish boshlandi va hozirgi kunga kadar uzluksiz davom etib kelmokda. Ikkinchi jahon urushi davrida ham ish to‘xtatilgani yo‘k. Usha yillarda bu yerda “O‘zbekiston” deb nom berilgan kichik sayyora kashf etilgan edi.

2009 yilda Maydanak observatoriyasining teleskopida kitoblik Bahodir Hafizov hamkasbi Aleksey Sergeyev bilan birga yangi kichik sayyorani kashf etishdi. Prezidentimizning takliflari bilan sayyoraga respublikamizning kadim va navqiron shahri “Samarqand” nomi berildi.


Source: kitobsayyoh.uz

Gallery