Xorazmda cho‘girma telpaklar talpaklar tayyorlash kasbi bilan o‘tgan asrda 60 nafar usta shug‘ullangan. Ilgari cho‘girmasiga qarab odamning mansabini bilib olish mumkin bo‘lgan. Aholining ko‘pchilik qismi asosan qora, qo‘ng‘ir, sheroziy rangli cho‘girma kiygan.
Ustalardan cho‘girmaning qanday xususiyatlari bor deb? so‘rasangiz, cho‘girma shunday bosh kiyimki, uni har bir inson aziz sanaydi, chunki cho‘girma boshni yozda salqin, qishda issiq saqlaydi, Xorazm changli hudud bo‘lganligi uchun har xil ko‘z kasalliklaridan (shamollashdan) saqlaydi. Safarga chiqsangiz ot egarining ustiga qo‘ysangiz yostiq vazifasini bajaradi, uyqudan uyg‘onib uni bir-ikki silkib asl holiga kelgan cho‘girmani yana kiyib ketaverasiz, deb cho‘girmaga ta’rif berishadi.
Hozirgi vaqtda cho‘girmado‘zlik kasbi bilan Xivada Abdirimboy ustaning avlodlari shug‘ullanadilar. Hozirgi vaqtda Xivada ushbu sulola vakillari mahalliy va chet ellik sayyohlarga namunali xizmat ko‘rsatib Xorazm cho‘girmalarini dovrug‘ini jahonga yoymoqdalar.
Marhum ustalarning farzandlari Azimboy (1954-1996), Maqsudbek, Maratbek (1961-2009), Baxromjon, Hurmatbek, Shokirbek, Pirnazarboy, Ergashbek, Muhammadjon, Komiljon ustaning qizi Zubaydaning turmush o‘rtog‘i Jalolbeklar, nevaralari Hamza, Hamdam, Jamoliddin, Izzatbek, Kamoliddin, Tillo, Abdullajon, Nuraddin, Dilmurod, Abdirimboy, Aminboy, Muhammadjon, Feruzbek, Jasurbek, Isojon, Islombek, Musojon, Sulaymon, Yusufboylar hozirda ota-bobolarini kasbini davom qildirmoqdalar va uylarida ustaxona ochib, har birlari o‘ndan ziyod shogirdlari bilan telpakchilik hunarini davom qildirmoqdalar.