Anvar-Bibi maqbarasi

  • 27 May, 2015
  •   0
  • 1
  • 10735

Anbar bibi maqbarasi XIV-XV asrlar ziyoratgohi. Anbar bibi (Anbar ona) maqbarasi Zangi ota umumiy majmua tarkibiga kirgan tarixiy arxitektura yodgorligidir. Maqbara aslida ulug’ ayolning nomi uchun bunyod etilgan bo’lib, Anbar bibi nomi tarixda «Mehribon va saxovatli ulug’ ona» timsolida muqaddas sanalgan. Sulaymon Hakim ota Boqirg’oniy asli Xorazmdan bo’lib, tariqat ilmining namoyandalaridan Xo’ja Axmad Yassaviyning muridi hamda Zangi otaning ustozi hisoblangan. Maqbarani Amir Temur o’z davrida uning ulug’ligini hisobga olib, Zangi ota maqbarasi kabi mahobat bilan bunyod etishga buyurgan. Maqbaradagi xilxonalarda joylashgan qabrning biriga Anbar bibi va ikkinchisiga Sulaymon Hakim ota Boqirg’oniyning onasi dafn etilganligi aniqlangan.

Anbar bibi maqbarasining hozirgi kungacha asl qiyofasi deyarli saqlanib, uning qadimgi gumbazi qayta tiklanib, umumiy ko’rinishi qayta ta’mirlangan.

Zangi otaning ahli ayollari Anbar bibining asli ismi shajarada yozilishicha, Rayhona va qizlari Qorasoch, uning asl ismi Oyjon bo’lib, vafotlaridan so’ng ikkovlari bir qabristonda dafn qilinganlar. Anbar bibi maqbarasi XV asr boshlarida qurilgan.


Source: http://welcomeuzbekistan.uz/ru/dostoprimechatelnosti/dostoprimechatelnosti-tashkent/2523-parpi-ota.html