Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri

  • 20 April, 2015
  •   0
  • 0
  • 19085

Loyiha muallifi akademik Aleksey Shusev. Bino qurilishi 1939 yilda boshlangan, ammo 1942 yilda urush davri qiyinchiliklari tufayli to‘xtatib qo‘yilgan. 1944 yilga kelib esa qurilish ishlari qayta tiklangan. 1945 yilning noyabrida Kvantun armiyasining yapon asirlari Toshkentga jo‘natilgan va ular binoning qurilishini tamomlashgan. Qurilishga Me'mor Shusev boshchilik qiladi. Shuningdek, u Moskadagi V.I.Lenin maqbarasi barpo bo‘lishida boshchilik qilgan mashhur me'mor sanaladi. Bu yerda xorijiy tomoshalar, teatr festivallari, solo va terma jamoalar, poytaxtimiz mehmonlarining chiqishlari namoyish etiladi. Alisher Navoiy nomidagi akademik teatr Janubiy-sharqiy Osiyodagi eng katta teatrdir. Uning tarixi 1929 yil, Muhiddin Qori Yoqubov boshchiligidagi konsert-etnografik ansambli ixlosmandlari tomonidan professional teatr tashkillashtirilgan sanadan boshlanadi. 1939 yilda mazkur teatr O‘zbek Davlat opera va balet teatri deb qayta nomlanadi, 1948 yilning mart oyida esa rus teatri bilan birlashib Alisher Navoiy nomidagi Davlat opera va balet teatri nomini oladi. Opera va balet san'atining muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun 1959 yili teatrga Akademik, 1966 yilda esa Katta teatr maqomi berildi. Teatr binosi XX asr o‘rtalari me'moriy obidasi hisoblanib, uning ichkari hovlisi milliy folklor san'atining ajoyib dunyosini namoyish etadi.


Source: http://www.calypso-tr.ru/uzbekistan/o_strane/