Temuriylar darvozasi

  • 14 May, 2015
  •   0
  • 0
  • 23312

Temuriylar darvozasi — Sanzor daryosidagi eng qisqa dara hisoblanib,  Pomir-Oloyning g‘arbiy qismlaridagi Malguzor hamda Nurota tizmalarini ajratuvchi tog‘ yo‘lidir.

Tikka qoya devorlar hosil bo‘lgan dara kengligi 120-130 metrni tashkil qilib, ayrim joylari 35-40 metrgacha torayadi. Dara orqali Toshkentdan Samarqandgacha o‘tuvchi temir yo‘l o‘tgan. Daraning yuqori qismida yozuvlar bo‘lib, ba’zilari qadimiy va forsiy tillaridadir. Ulardan biri Samarqan hukmdori bo‘lmish Amir Temurning nabirasi — astronom Ulug‘bek buyrug‘i bilan qildirilgan.

Chiroyli bir afsonaga ko‘ra (ehtimol, bu bo‘lgan voqeadir), Amir Temur o‘zining 200000 kishilik qo‘shini bilan Malguzar va Nurota tizmalari orasidan o‘tuvchi daraga kelib to‘xtaydi. Zero, u qo‘shini bilan bu tor yo‘lakdan o‘ta olmasligini tushunib yetadi. Shunda, Temuriy darani kengroq qilishga buyruq beradi. Qo‘shini chumolilar kabi tunu-kun ishlaydi, serqoya tog‘ jinslarini vayron qilib, toshlarni olib chiqishadi. Toki, bahaybat palaxsaga to‘qnashmagunlariga qadar, ish samarali tus olib, dara kengayaveradi. Shunda Amir Temur aysungarini chorlab, ilohiy kuchlar yordamida toshni yorishni talab qiladi. Sehrgar esa ovulda yashovchi aql bovar qilmas kuchga ega cho‘ponni keltirishlarini maslahat qiladi. Cho‘pon haqiqatan ham bir nigohi bilan toshni yorib, uni yoriqlarga bo‘lib tashlaydi. Ishning oxirini askarlar tozalash ishlari orqali nihoyasiga yetkazib qo‘yishgan. Shundan qilib, ikki qoya orasida “Temuriylar darvozalari” paydo bo‘lgan. Shu voqeadan buyon 600 yil o‘tgan bo‘lsa-da, bugun bu qoya orasidan poyezdlar va mashinalar qatnaydi.


Source: Wikipedia