O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi

  • 23 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 13242

Mana ko‘p yillardir-ki shaharning ko‘pqavatli binolari shovqin-suronli hovlisida taniqli xalq rassomi O‘rol Tansiqboyevning uy-muzeyi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur xotira uy-muzeyi 1981 yilda ochilgan bo‘lib, ustaxona, mehmonxona, yotoqxona, ishxona, ayvon hamda turfaxil gullar va o‘simliklar ko‘rinib turgan peshayvonni o‘z ichiga olgan. Bugungi kunda muzey ekspozitsiyasida rassom qalamiga mansub 400 dan ortiq asarlar mavjud. Mazkur uyda buyuk rassom yashab o‘tgani xotirasiga 1976 yilda xotira-ustaxonasi ochilgan. Unda rassom ijod namunalari ekspozitsiyasi, rassom hayoti va ijodiga oid xujjatli materiallar, molbert, bo‘yoqlar uchun stolchalar, fotoxujjatlar va musavvirning chet el muzeylarida saqlanayotgan asarlaridan nusxalar bor.


Manba: Мирзо Улуғбек тумани, Бурханов мавзеси(собиқ Черданцев) - 1, 5