O‘zbekistonda har yili rasmiy ravishda o‘tkaziladigan bayramlar:
· Yangi yil - 1 yanvar
· Xalqaro xotin-qizlar bayrami - 8 mart
· Navro‘z bayrami - 21 mart
· Xotira va qadrlash kuni - 9 may
· Mustaqillik bayrami - 1 sentyabr
· O‘qituvchilar va murabbiylar bayrami - 1 oktyabr
· Konstitutsiya kuni - 8 dekabr
O‘zbekistonda musulmonlarning asosiy bayram kunlari ham dam olish kuni deb belgilanadi. Bular: Ramazon Hayit hamda Qurbon Hayitlar bo‘lib, oy tutilishiga ko‘ra belgilanadi. Dam olish kuni bo‘lmasa-da, O‘zbekistonda muhim sanalardan biri, shuningdek, Vatan posbonlari kuni va Qatag‘on qurbonlari kuni, ya’ni 31 avgust hamdir.