Roboti-Malik karvonsaroyi

  • 11 May, 2015
  •   0
  • 0
  • 11906

Raboti-Malik Navoiy shahridan 10km uzoqlikda joylashgan Qoraxoniylar davrining tarixiy kompleksi hisoblanadi. Ushbu minora Buxoro yo’lida joylashgan. Raboti-Malik karvon saroyi qoraxoniylardan bo’lgan Shams al-Mulk Nasr ibn Ibrohim(1068-1080yy) tomonidan XI asrning 70-yillarida qurilgan.

XII asrning birinchi choragida esa qoraxoniylardan bo’lganArslon-xon Muxammad ibn Sulaymon (1102-1130)tomonidan qayta qurilgan. Taxmin qilinishicha, bu minora avval yozgi boshqaruv qarorgohi bo’lgan. Buni arxeologlar tomonidan olib borilgan ishlarning natijalaridanbilib olish mumkin. Ularga ko’ra topilgan topilmalar aynan o’sha davrda yashagan saroy zodagonlariga tegishli bo’lgan. Bundan tashqari bunday hashamatli devorlar va ustunlar o’sha davrlarda xon saroylari va qarorgohlaridagina qurilgan

Keyinchalik esa ushbu minora qayta qurilib karvonsaroyga aylantirilgan. Bugungi kunda o’sha hashamatli minoradan faqatgina markaziy portal va devorlar qolgan.

XX asr o’rtalarida olib borilgan qazilma ishlari jarayonida ushbu noyob minoraning qay darajada mukammal rejalashtirilganligini aniqlashga muvaffaq bo’lishgan. Bu qurilma ikki qismga ajratilgan mustahkam devorlar bilan o’ralgan 100x100m hajmdagi maydonni egallagan .

Raboti-Malik hududida masjidlar, gumbazli ayvonlar, hammomlar, yashash joylari, otlar va tuyalar uchun mo’ljallangan turargohlarning vayronalari topilgan.

Shuningdek sopol, metallardan ishlangan buyumlar, qimmatbaho sopol idishlar, zargarlik buyumlari, qozonlar, ko’pgina tangalar topilgan. Minora alohida uslub va g’aroyib texnik usullar bilan qurilgan. Minoraning qurilishida keramika, gil, yog’ochdan foydalanilgan. Shu kungacha olimlar minoraning nima maqsadda qurilganligini aniqlasholmagan. Ammo oxirgi vaqtlarda Raboti-Malik karvonsaroy vazifasini o’tagani tarixiy faktdir. N.B. Nemsova ushbu qurilmani o’rganib chiqilishiga o’z hissasini qo’shgan. Aynan N.B. Nemsova ushbu qurilma dastlabki onlarda shahardan tashqarida joylashgan saroy vazifasini o’tagan deb taxmin qilgan.

Karvonsaroy yaqinida Sardoba (suv saqlashga mo’ljallangan sisterna) qurilgan. Sardoba o’sha davrda sayyohlar va savdogarlar uchun ichimlik suvi saqlaydigan buloq vazifasini bajargan.


Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Рабат_Малик