Qurolli kuchlar muzeyi

  • 23 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 15179

Muzey 1965 yilda tashkil topgan. Muzey ekspozitsiyasi Qurolli Kuchlar tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari harbiy san'ati, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari rivojlanishining hozirgi davrini aks ettiradi. Shuningdek muzeyda buyuk sarkarda Amir Temurga bag‘ishlangan alohida "Temuriylar davri harbiy san'ati" ekspozitsiyasi ham mavjud. Bu yerda harbiy yurishlar xaritalari, askarlar saflanishining sxemalari, qurol-aslahalar, nishonlar va Temuriylar davrining boshqa eksponatlari o‘rin olgan. O‘zbekiston xalqining ikkinchi Jahon urushida ishtirokiga bag‘ishlangan ekspozitsiya ham mavjud. "Mustaqil O‘zbekistonni qo‘riqlash" ekspozitsiyasida qo‘shin turlari, harbiylar hayoti, ularning jangovar va harbiy-siyosiy tayyorgarligi haqida ma'lumotlar olish mumkin.


Manba: Мирзо Улуғбек кўчаси (собиқ М.Горький, сўнгра Х. Абдуллаев шоҳ кўчаси), 98 уй