Kalta minor (qisqa minora)

  • 22 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 32064

Bugungi kunda Ko‘hna Xiva shahrini bu me'moriy yodgorlik obidasiz tasavvur etish qiyin. Kalta minor shahar ramziy belgisi sifatida tan olingan. Uning o‘lchami va noyob bezaklari har bir shaxsni hayratga solmasdan qo‘ymaydi. Minora poydevori 15 metr chuqurlikda, uning diametr asosi 14,5 metrni, balandligi 29 metrni tashkil topadi.

Minora hozirgi paytda kesik konus shaklida bo‘lib hozirni o‘zida ham haybatli ko‘rinishga ega. Dinamik qisqarishiga qarab xulosa qilinadigan bo‘lsa, bitganidan so‘ng uning balandligi 100 metrga yaqin bo‘lib O‘rta Osiyoda eng katta va baland minora bo‘lishi mumkin edi. Minoraga tushgan insolyatsiya (quyosh nurlarini tushushi va sinishi)ga qaraydigan bo‘lsak minoradagi koshinlarning rangi o‘zgarmaydi. Chunki quyosh nuri har qanday jismni rangini o‘zgartiradi, ya'ni oqartiradi yoki ochiq tusga kirgizadi. Bu holat minorada sezilmaydi. Mana qancha vaqt o‘tgan bo‘lsa ham xuddi yangi qurilganday saqlanib turibdi. Minorada asosan geometrik naqshlar (gireh) ko‘p qo‘llanilgan minoraga ikkinchi qavatdan ko‘tarilish mumkin, ya'ni minoraga yog‘och zinapoya orqali chiqiladi. Minora 1853 yilda Muhammad Aminxon tomonidan qurila boshlangan va 1855 yil Shimoliy Eronga yurish paytida xonning o‘ldirilishi va Abdullaxonning taxtga o‘tirishi bilan qurilish ishlari to‘xtab qolgan.

Lekin uning balandligi yana 70 metrga qad rostlashi kerak edi. Ba'zi bir manbalarda 110 metrga yetkazilishi qayd etilgan. Me'mor rejasiga ko‘ra, faqat kengligini mustahkamlab, balandligi kuchli toraytirilgan. Ammo bu minoraning qurilishi oxiriga yetkazilmagan u xuddi bahaybat sirli bochkaga o‘xshab qolgan. Shunga ko‘ra unga "Kalta minora" deb nom berilgan.


Manba: http://www.advantour.com/rus/uzbekistan/khiva/kalta-minor.htm