Janboz qal’asi

  • 22 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 9960

Janboz qal’asining barpo etilishi Qadimiy Xorazm tarixining antik davrga, ya’ni “ming shahar” mavjud bo‘lgan vaqtlarga borib taqaladi. Bu davr ikkiga bo‘linali: kangyuy va kushon (tarkibiga Xorazm kirgan davlatlar nomi). Jonbos qal’asining yaratilishi birinchi, ya’ni kangyuy davriga tegishli. Qal’aning yuzaga kelish sanasi S.P.Tolstov tomonidan miloddan avvalgi IV - milodiy I asri deb belgilangan.

Janboz qal’a shimoliy-sharqdan “Qadimiy qurg‘oqchilik yerlari” qal’asi bilan eng ko‘rinarlisi hisoblanadi. U shimoliy-g‘arbdan janubiy-sharq tomon tekis tepalikka qarab cho‘zilgan sahroviy shimoliy-g‘arbda joylashgan bo‘lib, Sultonuizdadan janubiy-sharqqa qadar cho‘zilgan tepaliklar zarnijida birlashadi.

Городище Джанбас-Кала, Каракалпакстан
Городище Джанбас-Кала, Каракалпакстан
Городище Джанбас-Кала, Каракалпакстан

Qal’a yorug‘lik tomon yo‘naltirilgan aniq to‘rtburchak ko‘rinishidadir. Shu bilan birga, qal’a 200*170 metr o‘lchamni tashkil qiladi. Qal’aning nisbiy saqlanishiga kelsak, ko‘p asrlar mobaynida qal’a devorlari qumtepa bilan qoplanib, binoning old qismi jozibasi saqlanib qolishida o‘z hissasini qo‘shgan.

Janboz qal’a devorlarining balandligi 10 metrni tashqil qilib, binoning keng ko‘lamini namoyish qiladi. Shu bilan birga, tashqi devor ortida yana bir devor bo‘lib, asosiy devorni takrorlaganday, go‘yo. Shubhasizki, ikkinchisi qal’a mudofaasini kuchaytirish maqsadida ko‘tarilgan. Tashqi devor pastka qarab kengaygan, yuqori tomon 1,30 metr kenglikda, ichki qismi esa 1 metr. Janboz qal’aning tashqi devoridagi tor bo‘shliqlar ham qal’aning harbiy mudofaasining isbotidir.

Janboz qal’aning o‘ziga xos me’morchiligi shundaki, Sharq uchun odatiy bo‘lmagan burchak minoralari yo‘qligi bilan o‘z davrining boshqa qal’alaridan ajratib turadi. Yana bir aytarli xususiyat hozirgi kungacha saqlanib qolgan darvoza xonaga kirish qismidagi qurilishdir. Bu jihat darvoza xonaga kirish qismi hamda darvoza bilan bog‘lovchi tor yo‘lakdan hujumchilarni haydashga imkon yaratdi, zero, qal’ada turgan himoyachilar dushmanga yuqoridan turib o‘q uzib, himoyalanishgan.

Городище Джанбас-Кала, Каракалпакстан
Городище Джанбас-Кала, Каракалпакстан
Городище Джанбас-Кала, Каракалпакстан

Qal’aning ichki qismi juda oddiy tuzilishga ega. Shimol-g‘arbdan janubiy-sharqqacha bo‘lgan eshikdan shaharning asosiy (va shubhasiz, yagona) ko‘chasidan katta binogacha yo‘l tushgan bo‘lib, janubiy darvoza yo‘nalishida joylashgan. Ko‘chaning har ikki tomonida turar joylar bo‘lgan. Bir dahada, tahminan 150 xona.

Qal’aning janubiy darvozasi binosiga keladigan bo‘lsak, arxeologlarning fikriga ko‘ra, bu «Olov uyi» deb atalgan yong‘inlarga qarshi ibodatxonalar bo‘lgan. Bino 4,5 metr balandlikdagi tepalikda joylashgan. Mazkur nazariyaning yorqin isboti o‘rnida arxeologlar tomonidan ibodatxona qoldiqlari burchaklaridan topilgan kul qoldiqlarini aytish mumkin.

Bir necha asrlar davomida Janboz qal’a aholisi ko‘chmanchilar hujumlariga bas kelganlar. Biroq, milodiy I asrida murakkab tuzumdagi darvoza himoyasi muvaffaqqiyatsizligidan so‘ng, yangi bosqinchilar darvozaning g‘arbiy qismiga katta pona bilan hujum uyushtirib, buzishadi. Qal’a ichida jang avjiga olganligini arxeologlarning topilmalaridan bilish mumkin. Shubhasiz, aholining katta qismi halok bo‘lgan, tirik qolganlarni esa qullikka olib ketishgan. Shundan so‘ng qal’a tiklanmagan, aksincha, 2000 yil mobaynida yomg‘ir va shamollar oqibatida vayron bo‘lavergan. Bugun, hashamatli Janboz qal’adan faqat katta devorlarigina qolgan.


Manba: http://www.advantour.com/rus/uzbekistan/karakalpakstan/janbas-kala.htm