Dahmai Shohon

  • 21 Oktyabr, 2015
  •   0
  • 0
  • 14425

"Dahmai Shohon" hukmdorlar maqbarasi - bu Qo‘qon hukmdorlari Norbo‘tabiy va uning avlodlari dafn etilgan majmuadir. 1822 yili, Umarxon o‘limidan keyin qurilishni uning xotini o‘z davrining mashhur shoirasi Nodirabegim davom etirgan. Qurilish 1825 yil oxirlarida tugatilgan.

Majmua 3 qismdan iborat: gumbazli xona peshtoqi bilan, ikki ustunli ayvonli machit va oilaviy qabristondan iborat. Dahmai Shohon majmuasi panjara bilan o‘ralgan, uning o‘rtasida qabrlar hamda Umarxonning qabri ustidagi marmar tosh joylashgan. Umarxon maqbarasi tashqi ko‘rinishi juda maftunkor qilib ishlangan.

Qabrning kirish eshiklari arab tilida Qur’on suralari va Umarxonning she’rlari namunalari yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatilgan. Maqbaraning to‘g‘ri shakllari va uning past joylashgan gumbazi unga jiddiy ko‘rinish beradi.

Maqbaraning chiroyiga ikkita o‘ymakorlikda ishlangan eshiklar qo‘shmoqda. Bularning biri peshtoqda, ikkinchisi machitga kirishda joylashgan.


Manba: http://www.advantour.com/rus/uzbekistan/kokand/damai-shakhon.htm