Avliyo Xo‘ja Ubbon

  • 26 May, 2015
  •   0
  • 0
  • 11136

Avliyo Xo’jа Ubbon Buxoroning cho’lidagi katta bo’lmagan qiyaligida joylashgan. Rauza katta karkassimon bino. Uning tashqarisida har to’rtta burchagida baland, vertikal taranglar qo’yilgan.

Bu inshootlar o’tgan yuz yillikning o’rtalaridan kam bo’lmagan davrda qurilgan. Mozorga qurilmalar kompleksi, keng mehmonxona, pishiq g’ishtli bino – “Chashma-xona” machiti, tutashgan. Inshoot har bittasi gumbaz bilan yopilgan ikki qismga bo’lingan. Inshootning g’arbiy qismida ozgina taxir ta’mli (chashma) quduq bor.

Fotosurat: uvbnb.ru

Maqbarada Avliyo Xo’ja Ubbonning qabri joylashgan. Rivoyatga ko’ra, Xo’ja Ubbonn 15 yoshidan cho’lda buloq oldida yolg’izlikda yashagan. Bu yerda u hurmat qozonib, har doim odamlar talpinadigan, husnni buzadigan og’ir teri kasalliklarini davolovchi mohir tabib sifatida juda qarigunicha yashagan.

Ba’zida turli joylardan, ko’pincha juda uzoqdan kelgan odamlar, bu yerda sivilizatsiyadan yiroqda 2-3 oylab yashashadi. Davolashning ushbu turi kutilgan natijalardan ham oshadi va shunga kasalliklaridan tuzalishni hohlovchi odamlar oqimi to’xtamaydi.

Xo’ja Zaffarona mozori – muqaddas suvli quduq alohida o’rin egallaydigan, ibodat qilinadigan kompleks. Bu joy mahalliy qishloq va tuman aholsi orasida mashhur.

Chuqur quduq bo’lib, uning suvini o’rganish natijasida unda turli xil foydali minerallar mavjudligi aniqlangan. Asrdan asrga bu yerga sariq kasalligiga chalinganlar kelishgan. Qadimiy rivoyatga ko’ra, Zaffaron Xo’ja Ubbonning ustozi hamda xalifa Usmonning o’g’li hisoblangan.

Ushbu joyning paydo bo’lishi juda qiziqarli bo’lib, o’z davrida Chingizxon o’zbek yerlariga kelganida, moxov shuningdek,  vitiligo kasallarini Samarqand ostidagi kichkina joyda yig’ishni buyurgan. Hech kim nimagaligini tushunmagan, ayniqsa Samarqand va Buxoro tomonidagi o’zbeklar vitiligo kasallaridan juda qo’rqishadi. O’sha paytlar boy odam yashab, uning to’’qiz yoshlik o’g’li bo’lgan. Unda vitiligo kasalligi paydo bo’lishni va o’sishni boshlagan. Yomon so’zlardan qo’rqib, otasi xizmatkorlariga uni cho’lga tashlashni buyurgan, ammo bola vafot etmagan. U uzoq vaqt yurib, hushidan ketgan. Bolani cho’lda yashaydigan, odamlarni davolovchi bir avliyo odam topib olgan. Avliyo bolani topib olib, uni o’zida qoldirgan. Bola unga xo’jalik ishlarida yordam berib chashmadan suv ichgan va o’z navbatida quyoshda toblagan. Ko’p o’tmay bu yerlardan vitilgo yo’q bo’lib, odamlar davolangani kelishadi.

Davolash jarayoni o’z ichiga quduq suvini ichish (ta’mi taxir-sho’r) hamda soat 7:00 dan 10:00 gacha va 16:00 dan 19:00 gacha quyosh vannalarini qabul qilishdan iborat.

Albatta, birinchi ko’rinishida siyqasi chiqqanga o’xshaydigan, 3-5 ta odam yashaydigan va o’zlariga ovqat tayorlaydigan, katta bo’lmagan xonalarga ajratilgan, loyli kasalxonalardan iborat o’rta asrlardagi tashlandiq qishloqni eslatadi. Biroq, bu yerda sharoit, gaz va chiroq hattoki mahsulotlar hamda xo’jalikda kerakli narsalarni sotadigan do’kon mavjud.

Quyosh vannalari qumtoshli balandliklar orasidagi yuzi quruq yorilgan loyli maydonlarida qabul qilinadi. Maydon shartli ravishda ikki – ayollar va erkaklar qismiga bo’lingan.

Hayot tashvishlaridan yiroq bo'lgan bu joyda avvaliga  o’zingizni  xilvat joyda noqulay his qilasiz, ammo keyin o’rganib qolasiz.

Orientir: Buxoro-Nukus trassasi, 41 km. Buxoro tomonidan bojxona postiga 1 km yetmasdan, O’zbekistonning g’arb tomoniga ketuvchi hamma avtobuslar tekshiruv uchun navbatda turishidan, chapga buriladi va taxminan cho’l bo’ylab 10 kmdan keyin tepalikda ulkan cherkovga o’xshash bino ko’rinadi.

Manba:
http://provitiligo.com/forum/topic/2079-%D0%BA%D0%...
http://uvbnb.ru/forum/9-213-1


Manba: http://uvbnb.ru/