Do‘ppi

  • 29 May, 2015
  •   0
  • 0
  • 62416

Do‘ppi — yengil bosh kiyimi. Qadimdan eron va turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. Turkiston xalqlari orasida (ayniqsa O‘zbekiston va Tojikiston hududida) milliy kiyim turiga aylangan. Boshqa xalqlar do‘ppilaridalaridan o‘zbek do‘ppilarilari o‘ziga xos shakli, bezagi bilan farqlanadi. Do‘ppi uch qismdan iborat — tepa (aylana va to‘rtburchak shaklida bichila-di), kizak (gardish shaklida) va jiyakdan tuzilgan, respublikaning turli joylarida turlicha bezatiladi; qismlari birlashtirilganda turlicha ko‘rinishga ega bo‘ladi. Do‘ppi tikuvchi usta do‘ppido‘z, do‘ppini. tikish kasbi esa do‘ppido‘zlik deb ataladi.


Do‘ppi asosan baxmal, sidirg‘a shoyi, satinga ip, ipak, zar iplar bilan kashta tikib tayyorlanadi. Tayyorlangan joyi (Chust, Marg‘ilon, Toshkent, Shahrisabz va b.), mo‘ljallangan kishilarning yoshi va jinsi(erkak, ayol, bolalar), shakli (o‘tkir uchli, konnussimon, yarim doyra, chuqur tubli, dumaloq, karjli va b.)ga kura do‘ppilar xilma-xil va rang-barangdir.

Dastlabki do‘ppilar shakli o‘tkir uchli qilib salla bilan kiyishga mo‘ljallab ki-zagi keng ji-yakli qilib tayyorlangan. 20-a. 20-y.laridan do‘ppi shakli o‘zgardi: tepasi dumaloq yoki murabba shaklga ega bo‘ldi, kizakdagi jiyagi ingichkalashdi.

O‘zbekistonda Chust, Andijon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Boysun, Shahrisabz do‘ppilari mashhur. Chust do‘ppisi to‘q yashil shoyi yoki satindan karjli qilib tayyorlanadi: tepasining har bir karjida 4-kalampirnusxa yoki bodom shakli, kizagining har bir karjida 4-tadan mehrob (yarim doyra) shakli kashta bilan sidirg‘a qoplab oq (ip yoki ipak) ipda tikiladi. Tayyor do‘ppining tepasi kizagidan murabba shaklida bo‘rtib chiqadi (boshqa do‘ppilarning tepasi yarim doyra shaklida bo‘ladi). Shakli ko‘p jihatdan chuyet do‘ppisiga o‘xshash bo‘lgan marg‘ilon do‘ppisi gullari (nisbatan ingichka va uzun qalampir shakli)ning sidirg‘a qoplanmasligi bilan farklanadi.

Toshkentning duxoba do‘ppisi sidirg‘a baxmaldan, buxoro do‘ppisi sidirg‘a yoki gul-li baxmaldan tayyorlanadi; buxoro do‘ppisiga rang-barang ipak iplarda yo‘rma usulida kashta tikib bezatilgan jiyak tutiladi.

Iroqi do‘ppi Shahrisabzda keng urf bo‘lgan, keyinchalik boshqa joylarga tarqalib, har bir mahalliy joyning o‘ziga xos bezak usulida yaratila boshlandi. do‘ppining bu turida kashta iplari sug‘irilib to‘r holiga keltirilgan mato (surp)ga rangli ipak yoki ingichka tolali paxta ipi bilan iroqi chok(terma va bosma usuli)da tikiladi (nomi shundan). Iroqi do‘ppining eng yaxshi namunalari Shahrisabz va Kitob do‘ppido‘zlari tomonidan tayyorlanadi. Toshkent va Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan iroqi nusxa do‘ppining naqsh mujassamoti rang-barang gulli novdalar, ular orasidagi yashil, ko‘k tusli qushcha (bulbullar) shaklidan iborat.

Toshkentning iroqi do‘ppisida oq zaminga atirgullar to‘q va och kizil ipaklarda (ba’zan«Ra’no», «Guli», «Farg‘ona tong otguncha» va b.) yozuvlar qo‘shib tikiladi. Shahrisabzning tepa va kizagi yaxlit (ipak va ipdan) to‘qilgan gilam do‘ppisi ham mashhur. Samarqand (Urgut) va Surxondaryo (Boysun)ning dumalok, shaklli piltado‘zi do‘ppisining naqshi sodda, gullari markazga tomon yo‘nalgan, qaviq choklari esa qovurg‘ali yuzani hosil qiladi.

Buxoro zardo‘zlarining zardo‘zi-guldo‘zi va zardo‘zi-zamindo‘zi («Yulduz», «Tovus» va b.) do‘ppilari badiiy jiqatdan yuqori baholanadi. Toshkentning sidirg‘a parchadan 4-karjli (karjlari o‘zaro qora xrshiya yo‘llar b-n bo‘lingan, har bir karjga yorqin gullagan novdalar tikilgan) do‘ppisi va boshqa do‘ppilar jozibali qilib tayyorlanadi.

Manbaa: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi
Foto:welcomeuzbekistan.uz


Source: http://welcomeuzbekistan.uz/ru/unknown-uzbekistan/2215-tyubiteyka.html