Saroy XX asr boshlarida Turkistonga rossiyalik imperatorning tashrifi munosabati bilan Sayid Abd-ad-Axad buyrug‘iga asosan, rus va buxorolik ustalar tomonidan tomonidan qurilgan. Bino murakkab reja va tuzilishga ega bo‘lib, bir qarashda har tomonlama tenglik tartibini ko‘rish mumkin. Saroy asosini uzunasiga cho‘zilgan katta tantanali xona o‘zaklari tashkil qiladi. Imorat bezagi tashqi tarafidan ham, ichki tomonidan ham turli uslubli bo‘lib, unda mutaxassislar modern, mavrit va hatto, psevdorus me’morchiligi bo‘laklariga urg‘u berishgan, shuningdek, mahalliy mavzular hatto arab epigrafikasini ham uchratish mumkin. Saroyni Aleksey Leontevich Benuaning o‘zi loyihalashtirgan. Inshoot qurilishi muhandis Dubrovin boshchiligida 1898 yil bitirilgan.