“O‘zbekistonning 7 mo’jizasi” Aktsiyasi
"ЎЗБЕКИСТОН 7 МЎЪЖИЗАСИ" Акцияси Ғолиблари
Oxirgi izohlar
  • Judda zo'r
    Nurota davlat qo’riqxonasi
  • Ajoyib joylar
    Nurota davlat qo’riqxonasi
  • Пои Калян (узб. Poi Kalon аnsambli) — архитектурный ансамбль, расположенный у подножия минарета Калян. Комплекс состоит из трёх сооружений, построенных в XII — XVI веках: минарет Калян, мечеть Калян и медресе Мири Араб. Фото не всецело охватывает Ансамбль, лучше заменить на это фото (http://www.samarkandtour.com/media/photos/bukhara_panorama1.jpg) P.S. А как голосовать?
    Poyi Kalon ansambli
  • Ташкилотчиларга катта рахмат
    Nurota davlat qo’riqxonasi
  • Hozir ancha o'zgardi domla Azizxo'ja inoyatov boshchiliklarida
    Chor Bakr me‘moriy majmuasi
Nurota davlat qo’riqxonasi
Yaratilgan sana: 1975
Joylashgan manzili: Jizzax viloyati
Qo’shdi:Shokirov Raxmatulla Shavkat o`g`li
6844   353   4  

Nurota davlat qo’riqxonasi Nurota tizmasining markaziy qismida joylashgan. Zaxira maydoni 17752 gektar. Nurota qo’riqxonasi Xalqaro Qizil kitobi (IUCN) va O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan noyob endemik kenja turi Severtsov qo’y naslini saqlab qolish maqsadida (Ovis ammon severtzovi) 1975 yilda tashkil etilgan. Bundan tashqari u yerda yong'oqning genetik navlari va mevali daraxtlarning boshqa ekin navlari ham himoyalanadi. Nurota qo’riqxonasi hududi Markaziy Osiyo o’simlik yetishtirish markazlaridan biri sifatida e'tirof etiladi.

Nurota tizmasi Zarafshon daryosi o’ng qirg'oq bo’ylab 250 km cho’zilgan, ikki parallel tog' zanjirlaridan iborat. Tog`ning shimoliy yon bag'irlari Qizilqumga qaragan. Nurota tizmasi, yuqori proterozoy davrida shakllangan, Markaziy Osiyo eng qadimgi tog 'tizimlari biri sanalanadi. Nurota tog`larining eng baland nuqtasi – Sarihoyat (Hoyatboshi) bo`lib uning baladligi dengiz sathidan-2169 metrni tashkil etadi.

Iqlimi kontinental, quruq va issiq. Tog`ning pastgi qismida joylashgan Qizilqum sahrosidagi issiq muhit Nurota tog`laridagi iqlimga o`z ta`sirini o`tkazmaydi. Nurota tog`larda buloqlar va ular asosida yuzaga keladigan soylar ko`p. Bu oqimlar tog`ning pastgi etagigacha cho’zilgan. Bu erda, eng issiq yoz paytida ham salqinlikni kuzatish mumkin. Qishda, tez-tez sovuq havo kuzatilib, tuman tushib turadi. O’rtacha yillik harorat yanvar oyida 1-8 °C. Qishda ko`p qor yog`adi, qish oxirida yomg'irli, shamolli havo kuzatiladi. Qayd etilgan minimal harorat -32 °С hisoblanadi. O’rtacha yillik yog'ingarchilik yiliga 400 mm. Bahor qisqa, iliq, ba'zan hatto qor belgilangan bo’ladi. Yoz, uzoq, quruq va issiq, o’rtacha harorat iyul oyida 29,4°C, umumiy quyosh nurlanishi 130-140 kkal/sm2-ni tashkil etadi.

Nurota qo’riqxonasi hududi Haydar ko’li tomon toza va shaffof suvlar oquvchi turli o’lchamdagi o`ndan ortiq suv oqimlari (soylar) bilan kesiladi. Nurota tog'laridan oqayotgan soy va kichik daryolar suvi toza va ko`p hajmga ega sanaladi. Nurota tizmasining markaziy qismidagi ko’plab buloqlar faqat bahorda faolashish xususiyatiga ega.


Nurota tizmasi Pomir-Oloy va Tyan-Shan tog 'tizimlari va Turonning cho’l tekisliklar orasidagi, hududlar ichida o`ziga xos muhiti tufayli hosil bo`lgan original flora dunyosi bilan ajralib turadi. Ham tog'li va ham cho’lli hududlarida shifobaxsh xarakterli o’simlik turlari ko`p uchraydi. Nurota tizmasida 78 oilaga tegishli tomirli o’simliklarning 814 turi mavjud. Ayni paytda, Nurota tizmasidagi o’simliklarning 29 turi O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan, ulardan 3 turini lolalar, 5 turini astragal va boshqa o`simlik turlari tashkil etadi.

Bu hududda mahalliy aholining asrlar davomida band bo’lgan bog'dorchilik faoliyatidan dalolat beruvchi, ko’plab buta va daraxtlarni, ayniqsa, boy sun'iy mevali o’rmonlarni ko`rish mumkin. Bu noyob landshaft turlaridan sanagan sun'iy o’rmonlar yong'oq va boshqa daraxtlardan tashkil topgan. O’rmonlarning bir qismini yong`oq, olma, qora va oq tut, o’rik, olcha, uzum, nok kabi mevali daraxtlar tashkil etsa, boshqa qismi terak, tol, qayrag'och kabi daraxtlarda tuzilgan. Tog` yon bag`rlaridagi buta va o`rmonzorlar asosan achchiq bodom va shu kabi daraxtlardan tashkil topgan. Bubdan tashqari bu yaerda Markaziy Osiyo mintaqasi juda kam uchraydigan daraxt-Shrqiy biota ham bor. Bir-ming yoshli biyotaning aylanasi 8,5 metr bo`lib, Mojrum qishlog`ida joylashgan.

Nurota davlat qo`riqxonasi o`ziga xos boy va rang-barang fauna olami bilan ham ajralib turadi. U yerda sut emizuvchilarning 34 turi mavjud. Bu yerda keng tarqalgan va boshqa hududlarda kam uchraydigan turlardan biri bu Severtsov qo`ylari sanaladi. Shu bilan birga bu yerda noyob hayvonot olaming boshqa turlarini ham kuzatish mumkun. Yirtqichlarning tulki, bo`ri, to`ng`iz, shoqol va boshqa turlari asosan tog`ning baland qismlarida ko`plab uchraydi. Tog`ning pastki tomonida esa, bo`rsiq, cho`l mushugi, suvsar kabi hayvonlarini ko`rish mumkun. Tog` etaklarida va o`rmonzorlarda yovoyi cho`chqalar yashaydi, qo`riqxonaling tabiiy muhiti ularning yashashi uchun qulay shart sharoit yaratadi.

Severtsov qo`ylari Nurota davlat qo`riqxonasidagi noyob va o`ta qiziqarli bo`lgan sut emizuvchilardan sanaladi. Ayni paytda bu yerda saqlanayotgan qo`ylarning soni 1700-1800-tani tashkil etadi. Bu noyob tog` qoyi turi qo`iqxona tashqarisida deyarli uchramaydi.

Baliq turlarida faqat bitta O’zbekiston bo’ylab keng tarqalgan-Marinka turi mavjud. Tog` tepasida dengiz sathidan 1100-metr balandlikda joylashgan Fozilmon ko`lida yashil qora qurbaqalarni va ko’l qurbaqalarini uchratsih mumkin.

Qo`riqxonada sudraluvchilarning 21 tur qayd etilgan. Ular orasidan bir nechtasi O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Kaltakesak va noyob ilonlarning ko`p turlari shular jumlasidandir. Sudralib yuruvchilarning bir qismi cho`llarda, qolgan qismi tog` yon bag’rlarida yashaydi.

Nurota davlat qo`iqxonasi ko`p sonli qushlarning migratsion yo’nalishlaridan biri sanaladi. Kuzda va bahorda qo’riqxona hududida qushlarning turli xillarini uchratish mumkin. Bu yerda qayd etilagan qushlarning 196 turidan 103 turi qo`iqxonani o`z makonlariga aylantirganlar. Qo’riqxonada uchraydigan qushlar orasidan 9 turi O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Bu yerda qora laylak, qora kalxat, Griffon-yirtqich qushi, Oltin burgut, Ilon burgut kabi qush turlarini uchratish mumkin.

Nurota qo’riqxonasi va uning atrodidagi hududlarda ko`plab qadimiy sayyohlik obyektlarini uchrash mumkin:

- Qadimiy petrogliflar (Ikki ming yillik tosh suratlari);

- Ming yoshli Sharq biyotasi (Mojrum qishlog`ida);

- Fazilman ko’li;

- Asraf, Hoyat, O`xm, Sintob, Ej va boshqa ekzotik tog 'qishloqlar;

- Xonbandi to’g'oni (X-XI asrlar);

- Severtsov qo`ylari.

Xaritada joylashgan joyi
Google Maps
Izohlar