“O‘zbekistonning 7 mo’jizasi” Aktsiyasi
"ЎЗБЕКИСТОН 7 МЎЪЖИЗАСИ" Акцияси Ғолиблари
Oxirgi izohlar
  • Qirq qiz bulogi Olmaliq shaxridan 6 km. uzoqlikda deyilgan lekin xarita umuman boshqa er kursatilgan-ku
    Qirq qiz bulog‘i (Ko‘l ota)
  • http://savollar.islom.uz/savol/121438 - прочитайте ... Саъд ибн Абу Вак’к’ос - не был этих местах ...
    Sa‘d Ibn Abu Vaqqos ziyoratgohi
  • Judda zo'r
    Nurota davlat qo’riqxonasi
  • Ajoyib joylar
    Nurota davlat qo’riqxonasi
  • Пои Калян (узб. Poi Kalon аnsambli) — архитектурный ансамбль, расположенный у подножия минарета Калян. Комплекс состоит из трёх сооружений, построенных в XII — XVI веках: минарет Калян, мечеть Калян и медресе Мири Араб. Фото не всецело охватывает Ансамбль, лучше заменить на это фото (http://www.samarkandtour.com/media/photos/bukhara_panorama1.jpg) P.S. А как голосовать?
    Poyi Kalon ansambli
Sa‘d Ibn Abu Vaqqos ziyoratgohi
Joylashgan manzili: Jizzax viloyati
Yo’nalish: Ziyoratgohlar
Qo’shdi:Shadjalilova Zumrad Muhamatalievna
3957   237   1  

Jizzax vohasi tarixidan o’rin olganmazkur ziyoratgoh G’allaorol tumanining Avliyo qishlog’ida joylashgan bo’lib, ikki bo’lakka bo’lingan. Ziyoratgohning yuqori qismi – ko’lbo’yi hududishifobaxsh va muqaddas buloqlari, bir-biridan go’zal va maftunkor go’shalari, o’ziga xos fusunkor tabiati, betakror manzaralari bilan har qanday kishi dilini masrur etadi. Qadamjoni pastki qismi bu yerdagi ko’hna masjid va xilxonasi bilan e’tiborga molik.

Masjid binosi XIX asrda jizzaxlik o’z davrining mohir binokorlari – usta Komil, usta Qobil, usta Zuhur va usta Mirziyolar tomonidan bunyod etilgan. U sharqona uslubda bunyod etilganligi bilan har qanday ziyoratchining e’tiborini tortadi. Binodagi ganchkorlik ishlari o’ta mahorat bilan bajarilgan. Uning shiftidagi rango-rang naqshlarbir paytlar mohir naqqosh sifatida dong taratgan Mirzo Zoid va usta Bobojonlar haqiqatdan ham o’z kasbining mohirlari bo’lganligidan dalolat beradi. Ulkan mehnat va yuksak mahorat mahsuli bo’lgan naqshlar bizning kunlarimizgacha ham o’z ohorini yo’qotmagan.

Sa’d Ibn Vaqqos Makka ashroflaridan birining o’g’li bo’lib, payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga payg’ambarlik vahiyi kelgan paytda navqiron bir yigit bo’lib, uIslom diniga kiradi va sarkardalik xislatlarini namoyish qiladi.

U hijratning o’n oltinchi yili Xalifa Umar ibn Xattobning Eron va Movarounnahrga yuborgan qo’shiniga yo’l boshchi etib tayinlanadi.Hozirgi Avliyo qishlog’i yaqinida bo’lib o’tgan jangda yaralanib, sinchilog’i uzilib tushadi, natijada xonaqoh o’rniga qoni to’kiladi. Sarkardaning sinchilog’ini qishloqning shimol tarafidagi qabristonga dafn etiladi (bu yerda chog’roq xonaqoh bor), tabarruk zotning qoni tomgan ko’l bo’yidagi yaqin joyda ham xonaqoh barpo qilingan.

Bo’lib o’tgan voqea Sa’d ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu) sog’lig’iga ko’p ta’sir etmaydi, u keyinchalik Arabistonga qaytib ketib, uzoq umr ko’radi. Nuroniylik davrida u davlandmand sifatida umr kechiradi. Lekin vofotiga yaqin yillarda jundan to’qilgan chakmonini keltirib berishlarini iltimos qiladi. Chakmonini keltirishganda: “Meni shu bilan kafanlanglar, chunki men bu chakmon bilan Badr jangida mushriklarga qarshi jang qilgan edim. Janobi Haq xuzuriga ham men shu chakmonimda borishni istayman...” (“Munjid” va “Sahobalar hayoti” kitoblaridan).

Bu yerdagi muqaddas buloqni ham “Sa’d ibn Vaqqos bulog’i” deb ataydilar. Hozirgi paytda bu joylarda go’zal, fusunkor manzara kasb etgan.Jizzax viloyat hokimligining doimiy g’amxurligi va e’tibori tufayli hamda sahovatpesha, qalbi tarixiy qadriyatlarga hurmat bilan limmo-lim kishilarning xayri-ehsonlari va sa’yi harakatlari evaziga ziyoratgohning binolari ta’mirlangan, tartibga keltirilib, ziyorat maskani nihoyatda obod qilingan.

Shuningdek,ko’lda “muqaddas baliqlar”ni – O’zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan qorabaliqlarni ko’rish mumkin.

Ziyoratgoh hududi 14,2 gektarni tashkil etadi.

Manbaa: www.jizzax.uz 

Xaritada joylashgan joyi
Google Maps
Izohlar