Ko‘hna Arkning kirish darvozasi

Ko‘hna Arkning sharq tomonida joylashgan. Hozirda u XIX asrdan saqlanib qolgan foto yordamida qayta tiklangan. Darvoza bir yoqlama uch qubbali imorat ko‘rinishidadir. O‘rtada-tosh yo‘l, har ikki tomonda qorovulxonalar bo‘lgan.

Peshtoqli kompozitsiyaning bosh fasadi ikki va tepadan hujralar tizmasi joy olgan inshootdan iborat. Inshoot 1972 yilda tiklangan, tepa qismi qubbalarini xonqalik kulol Ro‘zmat usta Matchonov koshin bilan qoplagan.

Xorazm kulollari ichida yetakchi o‘rinda Xiva maktabi an’analarini davom ettirayotgan mohir naqqosh, an’anaviy bodiyani bezovchi madirlik usta Ro‘zmat Matchonov turadi. Uning ishlari, uslubining sofligi, yorqin ifodaligi bilan ajralib turadi. Ro‘zmat Matchonov to‘k ko‘k rangdan ko‘proq foydalangani uchun ishlarida ko‘k-moviy to‘q tuslar yetakchilik qiladi.

O‘lchami: 13 x 8,5 metr.


Manba: http://www.khivamuseum.uz/index.php/historical-objects/gates/15-arkdarvoza