Yunus xon maqbarasi

  • 27 Iyul, 2015
  •   0
  • 0
  • 8144

Yunusxon maqbarasi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1559); Ichan qala tarkibida, Pahlavon Mahmud maqbarasi yonida. Maqbara toʻrtburchak tarhli (7x13,5 m), peshtoqgumbazli, goʻrxona va ziyoratxona (4,5x4,5 m)dan iborat. Xonalar bir-biridan ravoqlar yordamida ajratilgan. Ichki devorlariga yassi va keng hajmli ravoqlar ishlangan. Ziyoratxona orqali daxmali goʻrxonaga kiriladi. Xonalar charxi gumbazlar bilan yopilgan. Ichki devorlarining gumbaz osti bagʻali, ravoqlarining gʻishtlari mavj usulida terilgan. Maqbara bezaksiz.


Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Yunusxon_maqbarasi_(Xiva)