Tolib Maxdum madrasasi

  • 24 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 8236

Ko‘plab tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra madrasaning qurilish g‘oyasi saroy vaziri Islom Xoja Tolib hamda Xiva shahri hukmdori Muhammad Rahimxon II larga tegishlidir. Madrasa nomini “xizmat qiluvchi” deya tarjima qilinadi. Zamonaviy Xorazmda “mahdum” so‘zi fors/arab tillarini biluvchi deya tarjima qilinadi shuningdek, vaqt o‘tib dunyo va din ilmi bilan birga bu so‘zning ma’nosiga ancha fonetik o‘zgarishlar kirgan.

Olimlarning tahmin qilishicha, madrasada asosan nus'ha ko‘chiruvchi, xattotlar va asosiy dunyo ilmi sohasi mutaxassislarini tayyorlashgan. Bino shakli to‘rt burchak shaklni eslatib, o‘lchami 18,8x16,55 metrdir. Madrasa yaqinida ko‘plab uylar barpo qilingan bo‘lib, ular o‘quvchi va murabbiylar uchun qulay qilib qurilgan.

Majmuaning tepa qismi yashil tusdagi sirlangan g‘isht yordamida ko‘plab dekorativ bo‘laklar bilan ziynatlangan. Ichki hovlisiga kirish uchun gumbazli mionsaroydan o‘tish joiz. Madaniy inshootining ikki qismidan o‘quv xonalar va masjid qad rostlagan.

Barcha yashash uchun mo‘ljallangan xonadonlar katta bo‘lmagan arklar bilan bezalgan, madrasa fasadi katta naqshinkor to‘sin bilan qoplangan bo‘lib, unda qurilish sanasi ko‘rsatilgan. Birinchi yirik ta’mir ishlari 1977 yil bo‘lib o‘tgan.

 


Manba: http://welcomeuzbekistan.uz/ru/dostoprimechatelnosti/dostoprim-horezm/1122-talib-mahdum.html