Juma masjidi va minorasi

  • 24 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 14069

Xivaning eng yirik masjidi bo‘lib, 227 ta yog‘och ustunli yirik yopiq hovli ko‘rinishidadir. Hovli uzunligi 55 metr, eni 43 metr. Binoning qurilish sanasi aniq emas, lekin qayta qurilishi 1789 yili xivalik aslzoda Abduraxmon Muxtor tomonidan amalga oshirilgan. Shu nomli minoraning qurilishi ham aynan shu sanada barpo qilinib, masjiddan hech qanday jihati bilan farq qilmaydi.

Masjiddagi ustunlar turli vaqtlarga tegishli. 24 ta ustun alohida e’tiborni jalb qiladi, zero X-XII asrlarga tegishli bo‘lib, yog‘ochga o‘yma naqshlar bilan bezalgan.

Juma masjid

O‘rta asrlarda musulmonlik olamida shaharning o‘rni undagi asosiy jihati, ya’ni juma masjidiga ko‘ra belgilangan. Binoning me’moriy-badiiy ko‘rinishi shahar hukmdorlari tomonidan doima alohida e’tiborga ega bo‘lgan. Har bir shahar o‘zining mahobati bilan o‘zishga intilgan.

O‘rta Osiyodagi mashhur masjidlaridan bo‘lmish Xivadagi Juma masjidi an’anaviyligi, hatto chizma-maydonining tuzilishi bilan ajralib turadi. Unda ming yillar avvalgi jome’ masjidlar tuzilmasi saqlanib qolgan. Ko‘pustunli bu masjidning to‘g‘ri burchakli katta ayvoni tekis tom bilan berkitilgan, uchta kirish eshigiga ega bo‘lib, yirik qalin devorlar bilan o‘ralgan.

Janubiy devor o‘rtasida mehrob eshigining o‘rni bor bo‘lib, ibodat qilish tomonini ko‘rsatadi. Ayvonda zulmat hukmronlik qiladi, zero tomdagi o‘yiqlar katta joyni yoritib yebrish uchun yetarli emas.

Jome’ masjidining asosiy qiymati va e’tiborli jihati shubhasiz antiqa yog‘och o‘yma ustunlari bo‘lib (ular 200 dan ortiq),  ular turli o‘lcham, me’moriy shakl, badiiy sayqali va bajarilish sanasi bo‘yicha ajralib turadi.

Aytishlaricha, turli ustunlar har xil binolar buzulishidan qolgan materiallardan qurilgan ekan.

Ustunlarning bir qismi ertaroq davrga tegishli bo‘lib, ko‘rinishidan Qadimiy Xorazmning poytaxti — to‘lqinli Amudaryoning tegida qolgan shahar Kyatadan keltirilgan. Ehtimol, buning sababi boshqadir: xalq an’analariga ko‘ra masjid qurilishi savobli ish hisoblangan va har bir musulmon unga o‘z hissasini qo‘shishi lozim bo‘lgan.

Shunday qilib, har bir inson o‘z hisasini qo‘shib, kimlardir mehnat qilsa, boshqa birov qurilish buyumlarini keltirgan, badavlat aholi esa yog‘och o‘ymakorligi ustalarini yonlab, ustunlarni qildirib, inshootni barpo qilishgan. Oradan o‘tgan yuzlab yillar ustunlarni yaroqsiz holga keltirgan. Shuningdek, o‘rniga boshqa ustunlarni ham o‘rnatishgan. Shu sababli masjid ustunlari turli davrlarga tegishlidir.

Masjiddagi ertaroq o‘rnatilgan ustunlardagi o‘yma yozuvlarning uslubi va naqshlariga ko‘ra ularning X—XIV asrlarga tegishliligini aytsa bo‘ladi. Bu uslublarning me’moriy uslubi esa juda qiziqarli: ularda qadiimy xorazm me’morchiligiga hoslik yaqqol namoyon bo‘lgan: barglari osilgan poyasi qirrali “ko‘zagi” o‘zakli, naqshlari alohidadan takrorlanuvchi o‘simlik mavzusida.

Har bir bo‘lagi badiiy jihatdan ishlangan va naqshinkor ishlovi qadimiy me’morlarning yuqori hunarmandchiligidan dalolatdir.

Ustunlarning ikkinchi guruhuga tekis bo‘rtma naqshlar bilan ishlanganlari kiradi. Ulardan birida sanasi — 1316 (yangi davrning 1510 yili) saqlanib qolgan.

Juma masjidining noyob ustunlari ehtiyotkorona parvarishga muhtoj. Mutaxassisliklar tomonidan qadimiy zararkunandalarga qarshi tozalash ishlari hamda o‘yma naqshlarni mustahkamlash va ta’mirlash ishlari boshlangan. 

 


Manba: http://www.uztour.biz/uzbekistan/hiva_pamjatnikii_mechet_minaret_dzhuma.html